Nima bilan shug’ullanish mumkin
Poytaxtning diqqatga sazovor joylari.
“Chorsu” bozori
Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik bozorlardan biri bo’lib Toshkentning “Eski shahar” deb nomlangan eski qismida, Olmazor tumani Navoiy koʻchasida joylashgan. “Chorsu” bozori oʻrta asrlarda maʼlum boʻlib Buyuk ipak yoʻlida katta ahamiyat kasb qilgan. Bozor shiftining bezaklar bilan qoplangan markaziy qismida diametri taxminan 300-350 metr boʻlgan monumental gumbazli inshoot – bozorning lift tizimli uch qavatli binosi joylashgan. Pastki qavatda ko'plab yordamchi xonalardan iborat yerto’la yo'laklari mavjud. Savdo rastalari o'rta va yuqori qavatlarda joylashgan. Bozordagi savdo qatorlari ularda sotiladigan tovarlar turlariga ko'ra bo'linadi: sabzavotlar, mevalar, yong'oqlar, sharqona shirinliklar, ziravorlar, yormalar. Kiyim va uy-ro'zg'or buyumlari uchun alohida pavilyonlar mavjud.
Alisher Navoiy nomidagi DAKT
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat akademik katta teatri 1939-yilda tashkil etilgan. Teatr binosi 7 gektar maydonni egallagan to‘rtburchak shakldagi sobiq Voskresenk bozori o‘rnida qad rostlagan. A.V.Shusev loyihasiga ko‘ra, teatr ko‘plab rang-barang gulzorlar, ko‘katlar, qimmatbaho bezak daraxtlaridan iborat skver-park va an’anaviy o‘zbek hovuzlariga eslatuvchi katta hovuz-favvora bilan o’ralgan. M. Ashrafiyning “Bo’ron” operasining premyerasi 1939 yilda oʻzbek musiqa teatri bazasida boʻlib oʻtgan. Bugungi kunda teatr opera va baletning boy dasturiga ega mamlakatdagi yetakchi teatr hisoblanadi. Bosh xormeyster Sulaymon Shadmanov, bosh xoreograf Andris Liyepa, teatr rahbari xalq artisti Ruz Ramiz Usmonovlardir.
Sayt: DAKT
Koʻkaldosh madrasasi
Eski Toshkentning 23 ta madrasaning eng kattasi bo’lib eng kechi 1569 yilda Toshkentning shayboniy sultonlari Barakxon va Darveshxonlarning “Ko’kaldosh” taxallusi berilgan vaziri tomonidan qurilgan. Madrasa sobiq Binket shahristoni tepaligida, janubiy qal’a devori qoldiqlarida qurilgan. Balandligi 15,7 m bo’lgan bosh peshtoq hujra shaklidagi ikki qavatli yotoqxonalar bilan chegaralangan hovliga olib boradi. Har bir hujra bitta xona va kirish tokchasi - ayvondan iborat. Ikki yoki uchta talaba bitta xonani egallagan. Bosh peshtoqning burchaklaridagi minoralardan (guldasta) muazzinlar yoki azonchilar dindorlarni ibodatga (namozga) chaqiradilar.
Humo Arena
Oʻzbekistondagi birinchi muz saroyi bo’lib unda xalqaro konsertlar, muz ustida shoular, xokkey ligasi oʻyinlari va boshqa sport musobaqalari oʻtkaziladi. Majmua 8,77 ga maydonda joylashgan bo'lib, muz arenasining asosiy binosi, bolalar maydonchasi, muz majmuasining 3-qavatidagi Panosiyo restorani, sportbar, fitnes markazi, tomoshabinlar uchun 1400 o'rinli ko'p qavatli avtoturargohdan iborat.
Sayt: Humo Arena
Mustaqillik maydoni
Toshkentning markaziy maydoni bo’lib, tantanali tadbirlar va davlat bayramlari kunlarida bayram tadbirlari va harbiy paradlar oʻtkaziladi. Maydonda Vazirlar Mahkamasi va Senatning maʼmuriy binolari joylashgan. Mustaqillik maydoniga kirish “Ezgulik” arkasi bilan bezatilgan bo‘lib, uning ustidan laylaklar go’yoki ko’kka intilib turibdi. Mustaqillik monumenti va Baxtli ona haykali haykaltaroshlar Ilhom va Kamol Jabborovlar tomonidan yaratilgan. Maydonda Ulug' Vatan urushi janggohlaridan qaytmaganlar xotirasiga bag'ishlangan yodgorlik - Xotira va Qadrlash maydoni ham bor. Bu yerda joylashgan “Xotira kitobi”ga ularning nomlari zarhal harflar bilan bitilgan. Yodgorlik mangu olov oldida ta’zim qilgan holdagi urush frontlaridan o‘z farzandlarini kutib olish nasib qilmagan qilgan Motamsaro ona siymosini ifodalaydi.
Magic City
Toshkent markazidagi Markaziy Osiyoda o'xshashi bo'lmagan loyiha. Butun oila uchun sehr va o'yin-kulgining eng katta hududi bo’lib, bu erda na kattalar, na bolalar zerikmaydi. Bog' so’qoqlari jahon shaharlarining me'moriy uslublarida qurilgan – bu yerda Parij, Barselona, London, Berlin va boshqa shaharlarga samolyot chiptasi sotib olmasdan tashrif buyurishingiz mumkin! Shuningdek, hududda har qanday didga mos do‘konlar, kafelar, restoranlar mavjud. Nogironlar uchun barcha shart-sharoit, jumladan, ko‘zi ojizlar uchun yo‘laklar, nogironlar aravachalari haratlanishi uchun panduslar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan. Yana bir afzallik - shahar bo'ylab harakatlanadigan avtobus sizni bog’ga yetkazib qo’yadi. Magic City ning ulkan hududi bo'ylab odamlarni avtoturargohdan bog'ning kerakli joyiga olib kelish uchun golfkarlar aylanib yuribdi.
Sayt: Magic City